NEOPRO
TARGETOLOGLAR PLATFORMASI

Loyihalaringizni kuzating.
Yangilarini toping.

Mijoz loyihalaringizning kunlik natijalari, lid narxi va CTR bir joyda. Platforma o'zi tahlil qilib, nima qilish kerakligini aytadi, mijozga esa chiroyli hisobot tayyorlaydi. Yangi loyihalarga ham shu yerdan taklif yuborasiz. Target yoqishni bilmaysizmi? Sun'iy intellekt siz bilan birga reklamani o'z kabinetingizda yoqib beradi.

Bepul ro'yxatdan o'ting
Hisobingiz bormi? Kirish
IMKONIYATLAR

Excel va bloknot o'rniga

Har kuni 2 daqiqa: sarf, ko'rishlar, kliklar va lidlarni kiritasiz โ€” qolganini platforma qiladi.

01

Loyihalarni kuzatish

Har bir mijoz uchun alohida loyiha. Lid narxi, CTR, CPC va konversiya o'zi hisoblanadi, 30 kunlik grafiklar chiziladi.

02

Avtomatik tahlil

Lid narxi oshsa, CTR tushsa yoki pul ketib lid kelmasa โ€” platforma ogohlantiradi va nima qilish kerakligini aytadi.

03

Mijozga hisobot

Bitta link: mijozingiz natijalarni grafik va jadvalda ko'radi, PDF qilib saqlaydi. Skrinshot yig'ib o'tirmaysiz.

04

Loyiha topish

Targetolog izlayotgan tadbirkorlarning ochiq loyihalari. Mosiga bir tugma bilan taklif yuborasiz.

05

Tasdiqlangan portfolio

Kuzatilgan loyiha natijalari portfoliongizga "platformada tasdiqlangan" belgisi bilan tushadi.

06

AI bilan target

Target yoqishni bilmasangiz ham: biznesingizni yozing โ€” sun'iy intellekt auditoriya va matnlarni tayyorlaydi, reklama o'z kabinetingizda yoqiladi.

Sinab ko'rish
โ†’

Bepul boshlang

Ro'yxatdan o'tish bepul โ€” 1 daqiqada boshlaysiz.

Ro'yxatdan o'tish
Namuna: avtomatik tahlilO'quv markaz ยท Meta Ads
๐Ÿ”ด
Lid narxi oshyapti: +34%Oxirgi 3 kun: $2.10, undan oldingi 7 kun: $1.57. Auditoriya reklamadan charchagan bo'lishi mumkin โ€” yangi kreativ qo'shing.
๐ŸŸก
CTR past: 0.6%Kreativning birinchi 3 soniyasini, sarlavha va taklifni kuchaytiring.
๐ŸŸข
Maqsad doirasida7 kunlik lid narxi $1.80 โ€” maqsad ($2.00) dan past. Mijozga hisobotda buni ko'rsating.